Qilichbozlar Milliy terma jamoasi xalqaro yig‘inga yo’l oldi
Qilichbozlar Milliy terma jamoasi xalqaro yig‘inga yo’l oldi
Vengriya, Ispaniya qilichbozlik Federatsiyalarining taklif xatlari va O’zbekiston qilichbozlik Federatsiyasi trenerlar Kengashining qaroriga asosan qilichbozlikning sablya hamda rapira yo’nalishlari bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoa a'zolari 2023y 8-18 iyul kunlari Budapesht shahrida (Vengriya), shpagachilar termasi esa Almariya shahri (Ispaniya)da bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘quv- mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.
Qayd etish joiz, mazkur yigʻinlar qilichbozlarimizga Parij-2024 Olimpiadasi uchun eng yirik reyting ochkolari oʻynaladigan 22-30-iyul kunlari Italiyaning Milan shahrida bo’lib oʻtadigan jahon chempionati, shuningdek xalqaro «Universiada», “Xanchjou-2022” Osiyo oʻyinlari uchun asosiy tayyorgarlik bosqichi vazifasini oʻtab beradi.