Qilichbozlar davlat rahbarining navbatdan tashqari saylovlarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi

Qilichbozlar davlat rahbarining navbatdan tashqari saylovlarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi
– Men hamda sportchi-qilichbozlarimiz xalqimiz va Vatanimizga cheksiz mehr- muhabbatini, sadoqat va vatanparvarligini isbotlagan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildik, – deydi qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi shpaga bo’yicha bosh murabbiy Ruslan Kudaev.
Darxaqiqat, bizning Prezidentimiz yoshlarga, sportchilarga doimo g‘amxo‘rlik qilayotganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Uning tashabbuslari bilan mamlakatimizda sportchilar va umuman sport sohasini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilganligi e’tirof etishga arzigulik. 
Ishonchimiz komilki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘zining ezgu ishlarini kelgusi faoliyatida ham davom ettirib, Vatanimiz ravnaqi, farovonligi, tinchlik va bunyodkorlik yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safarbar etadi.