O'zbekiston kubogi - U-13 g'oliblari aniqlandi

O'zbekiston kubogi - U-13 g'oliblari aniqlandi

Shu kunlarda Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha 2010-yilda tug‘ilgan va undan kichik yosh sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi – U-13 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqaning birinchi kuni – 13 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat chempionatida jami 49 nafar rapirachilar (27 nafar o‘g‘il, 22 nafar qiz) bahslashdi.

Shunday qilib, yakkalik jangda eng kuchli sportchilardan Akmal Ibrohimov, shuningdek, Mirahmatova Shodiya g‘alaba qozonib, O‘zbekiston kubogi sohibiga aylanishdi.

U-13. O`g`il bolalar:

1. Ibragimov Akmal - Toshkent

2. Raxmonov Serjan - Toshkent

3. Ismoiljonov Muhammadmaxdi – Farg`Ona Opsttm

3. Imamturaev Ahmad - Toshkent

Qizlar:

1. Miratxamova Shodiya - Milliy klub

2. Toshpulatova Malika - Toshkent

3. Kenjaeva Robiya - Toshkent

3. Kodirova Xolishon – Farg`ona OPSTTM