Sablya bo’yicha qilichbozlar Sherzod Mamutov va Zaynab Daiybekova O’zCh oltin medalini qo’lga kiritdi

Sablya bo’yicha qilichbozlar Sherzod Mamutov va Zaynab Daiybekova O’zCh oltin medalini qo’lga kiritdi

 

Shu kunlarda poytaxtimizdagi “Paxtakor” sport majmuasida qilichbozlikning barcha turlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazilmoqda.

 

Bugun mazkur O‘zbekiston chempionati doirasida qilichbozlikning sablya turi bo'yicha yakkalik bahsi bo'lib o'tdi.

 

Musobaqaning 80 nafarga yaqin sportchi (shundan 39 nafari ayol) ishtirok etgan murosasiz janglarida erkaklar o‘rtasida Sh.Mamutov, ayollar o‘rtasida esa Z.Daiybekovalarga teng keladigan sportchi bo‘lmadi.

 

Erkaklar:

1. Mamutov Sherzod

2. Dauletnazarov Azizbek

3. Qodirov Zuxriddin

3. Abdazov Islombek

Ayollar:

1. Daiybekova Zaynab

2. Pliego Paula

3. Herera Lara Fernando

3. Perdibayeva Guliston

 

Ta’kidlash joizki, ushbu nufuzli va ahamiyatli mamlakat chempionatida g‘oliblarning har biri medallar bilan birga qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

Shu kuni O‘zbekiston chempionati doirasida qilichbozlik bo‘yicha jamoaviy musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Mamlakat chempionatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Toshkent, Jizzax viloyatlari, Toshkent shahri terma jamoalari, shuningdek, Nukus sportining olimpiya va paralimpiya turlariga tayyorlash markazi jamoalari bahslashdi.

 

Ta’kidlash joizki, mazkur musobaqada ishtirok etgan terma jamoalar orasida Qoraqalpog‘iston terma jamoalari ham erkaklar, ham ayollar o‘rtasida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatd. Shu bois ular chempionatning oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritib, g'alaba shohsupasining eng yuqori pog`nalarini egalladi.

Jamoaviy musobaqa natijalari quyidagicha:
Erkaklar:

1. Qoraqalpog'iston 1

2. NOPSTTM 1

3. Toshkent 1 

3. Qoraqalpog'iston 2

Ayollar:

1. Qoraqalpog'iston 1

2. NOPSTTM

3. Toshkent 2

3. Jizzax 

 Qoraqalpog'iston 1 Toshkent 2 Jizzax                                                                                                                                                                                                                                              `zQF Matbuot xizmati