Qilichbozlikning shpaga yo’nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblari aniqlandi
Qilichbozlikning shpaga yo’nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblari aniqlandi
Qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining birinchi kunida bo’lib o’tgan shpaga yo’nalishi bo‘yicha yakkalik bahslarida g’oliblar aniqlandi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida Fayzullo Alimov, shuningdek, qilichbozlik bo‘yicha ayollar o‘rtasida Dilnaz Murtazoyevalar oltin medal sohibiga aylandi.
Erkaklar:
1. Fayzullo Alimov
2. Muhammad Yusuf Sidiqov
3. Meyirxon Timurov
3. Iskandar Turishev
Ayollar:
1. Dilnaz Murtazoeva
2. Marjona Zubaydulloeva
3. Veronika Rojkova
3. Malika Hakimova