Bolgariyada qilichbozlik bo‘yicha kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati yakunlandi

Bolgariyada qilichbozlik bo‘yicha kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati yakunlandi

Plovdiv shahrida qilichbozlik bo‘yicha kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati shpagachilar bahsi bilan yakunlandi. Yakkakurash bahslarida (127 kadet, 177 o'smir) dunyoning eng kuchli qilichbozlari qatnashdi. Albatta, bunday jahon miqyosidagi atletlar bilan raqobatlashish va kurashish uchun ulkan tajriba va jangovar mahorat talab etiladi.

Qayd etish joizki, mazkur jahon chempionatida ishtirok etgan 174 nafar sportchi orasidan shpaga bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mirzatayeva Dilnaz jahonning eng kuchlilar qilichbozlarining “Top-10”ligiga kirdi.

Saralash bosqichi bahslarida Dilnaz Mirzatayeva ukrainalik Polina Kuleshovadan ustun kelib, Simkute Ausrine (Litva) ustidan g‘alaba qozondi. D.Murzataea eng kuchli “sakkiztalik-8” ga kirish uchun qiyin jangda Xitoy Tang Junyaodan g'alabani tortib oldi.

Biroq chorak finalda sportchimiz o‘z imkoniyatini boy berib qo‘ydi va AQSHning eng kuchli shpagachisi – Husisian Xedliga imkoniyatni boy berdi. Hisob 15-11.

Natijada Xususian Xedli ushbu jahon chempionatining “oltin”ini qo'lga kiritdi.