"Biz bosqichma-bosqich jahon arenalarini zabt etamiz"
"Biz bosqichma-bosqich jahon arenalarini zabt etamiz"
O‘zbekistonlik qilichbozlarimiz shu yilning mart oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida Koreya, Yaponiya va Xitoyning eng kuchli qilichbozlarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
2023-yil aprel oyining birinchi dekadasida Plovdiv (Bolgariya) shahrida qilichbozlikning sablya, rapira, shpaga turlari bo‘yicha kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Dunyoning eng kuchli qilichbozlikchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu nufuzli xalqaro turnirda o‘zbekistonlik sportchilarimiz ishtirok etgani quvonarlidir.
Qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatining eng shiddatli bellashuvlarida esa O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib ishtirok etishdi.
Shu tariqa, Nargiza Jaksiboyeva ushbu jahon chempionatida kadetlar o‘rtasidagi sablya bo‘yicha yakkalik chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Va bu voqeani haqli ravishda tarixiy deb atash mumkin, chunki o'zbek qilichbozlik tarixida mazkur yosh toifasida bunday natija bo'lmagan.
Aytish joizki, saralash bosqichidagi murosasiz janglarda Nargiza Gonkong, Ruminiya, Yaponiya va Buyuk Britaniyadan kelgan qilichbozlarni munosib tarzda mag‘lub etdi.
“Top-16”ga kirish uchun bahsda N. Jaksiboyeva Ruminiya vakili Anastasiya Fuzeani yirik 15:9 hisobida mag‘lub etdi. “Top-8”ga kirish uchun N.Jaksiboeva
D-Sallows Keyra (Birlashgan Qirollik – GBR) ustidan yaqqol 15:9 hisobida ustun keldi.
Yarim final jangida sportchimiz Vengriyalik Emesa Domonkosga 15:10 hisobida imkoniyatni boy berdi va shu tariqa jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritib, g‘oliblik shohsupasining uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Aytish joizki, ushbu jahon chempionati ishtirokchilari 90 nafardan ortiq qilichboz-kadetlar orasidan sablya bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Harrera Lara Luiza Fernanda dunyoning eng kuchli qilichbozlari qatoridan joy oldi.
Muhimi, o‘zbek qilichbozlari bosqichma-bosqich o‘z yorqin o‘yinlari bilan jahon sport shohsupalarida o‘zlarini namoyon etishmoqda.
O‘zQF matbuot xizmati