Nargiza Jaksiboyeva jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

Nargiza Jaksiboyeva jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

Bugun Bolgariyada o‘tkazilayotgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Nargiza Jaksiboyeva o‘smirlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya yo’nalishida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Aytish joizki, saralash bosqichidagi murosasiz janglarda terma jamoamiz a’zosi Nargiza Jaksiboyeva Gonkong, Ruminiya, Yaponiya, Buyuk Britaniyadan kelgan qilichbozlarni munosib tarzda mag‘lub etdi.

Yarim final jangida sportchimiz Vengriyalik Emesa Domonkosga imkoniyatni boy berib, g‘alaba shohsupasining uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Barcha sportchilarimizga muvaffaqiyatli chiqishlarni va yorqin g'alabalarni tilaymiz!

O'zQF Matbuot xizmati