QILICHBOZLIK BO`YICHA O'ZBEKISTON CHEMPIONATI BOSHLANDI

QILICHBOZLIK BO`YICHA O'ZBEKISTON CHEMPIONATI BOSHLANDI

Bugun poytaxtimizda qilichbozlikning sablya, rapira, shpaga turlari bo`yicha yoshlar va o`smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oldi.  Ushbu musobaqa
2023 yil 19-24 mart kunlari "Paxtakor" sport majmuasining “Yoshlik” qilichbozlik zalida bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqa quyidagi maqsadlarda o'tkazilmoqda:

 - qilichbozlik sportini ommalashtirish va targ'ib qilish hamda ommaviy rivojlanishga yordam berish;

 - o'sib kelayotgan avlod salomatligini mustahkamlash, bolalar va o'spirinlarni tizimli va muntazam jismoniy tarbiya hamda sportga jalb qilish;

 - O'zbekiston terma jamoasi uchun zaxira tayyorlash;

 - O'zbekistonda qilichbozlarning sport mahoratini oshirish;

 - Xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun eng kuchli qilichbozlarni aniqlash;

 - do'stlik va sport aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash.

Shuningdek, "2023 yil 19-24 mart kunlari yoshlar va o`smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionatini o'tkazish to'g'risida" gi Nizomga muvofiq ushbu musobaqa amaldagi Xalqaro FIE qoidalariga binoan o'tkaziladi, dastlabki bosqich 5 ta zarba sanchish uchun o'tkaziladi.  To'g'ridan-to'g'ri chiqarib yuborish davri 15 ta zarba uchun o'tkaziladi.

Musobaqada I, II va III o'rinlarni (yakkalik bahslarda) egallagan ishtirokchilar qimmatbaho sovg'a, medallar va tegishli darajadagi diplomlar bilan taqdirlanadilar.  Taqdirlash dastur turining oxirida o'tkaziladi.

Bugun O'zbekiston chempionati doirasidagi musobaqada Respublikamizning viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahridan kelgan qilichbozlar qilichbozlikning sablya turi bo`yicha kurash olib borishmoqda. 

Sportning qilichbozlik turi bo`yicha yoshlar va o`smirlar o`rtasidagi O'zbekiston chempionatini o`tkazish reglamenti:

19 mart - sablya (erkak ayol) yoshlar - yakkalik start soat 9:00da;

sablya (erkaklar ayollar) o'smirlar - yakkalik start 12:30 da.

20 mart - sablya (erkak/ayol) yoshlar - jamoalar 9:00da boshlanadi;

sablya (erkak/ayol) o'smirlar - jamoalar 12:00da boshlanadi.

 

21 mart – rapira (erkaklar ayollar) yoshlar - yakkalik start soat 9:00da;

rapira (erkaklar ayollar) o'smirlar- yakkaliklar 13:00da boshlanadi.

22 mart - rapira (erkak ayol) yoshlar - jamoalar 9:00da boshlanadi;

rapira (erkaklar ayollar) o'smirlar - jamoalar 13:00da boshlanadi.

 

23 mart - shpaga (erkak/ayol) yoshlar - yakkalik start soat 9:00da;

shpaga (erkak/ayol) o'smirlar - yakkalik start 13:00da.

24 mart - shpaga (erkaklar.ayollar) yoshlar - jamoaviy start 9:00;

shpaga (erkak/ayol) o'smirlar - jamoalar 13:00da boshlanadi.

 

Musobaqada ishtirok etayotgan barcha qilichbozlarga muvaffaqiyat tilaymiz!

 

O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Matbuot xizmati