Toshkentda davom etayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo-Okeaniya litsenzion musobaqasining ikkinchi kuni muvaffaqiyatli boshlandi. Biroz avval hamyurtimiz Zaynab Dayibekova musobaqada g‘alaba qozonib, Tokio-2020 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Sportchimiz saralash davomida Tailand, Gong Kong vakillarini musobaqadan chiqarib yubordi. Oltin medal va Olimpiada yo‘llanmasi uchun kechgan bellashuvda qozog‘istonlik Aygerim Saribaydan 15:6 hisobida ustun keldi. Shu tariqa, qilichbozlarimizning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari soni 3 taga yetdi. Qayd etish joiz, ushbu sport turida delegatsiyamiz ilgari uch Olimpiadada bittadan yo‘llanma olgan xolos. Dayibekova sablyachi qizlarimiz orasida Olimpiada ishtirokchisiga aylangan ilk qilichbozimiz sifatida tarixga kirmoqda.
Sablya. Ayollar. Yakuniy natijalar:
1. Zaynab DAYIBEKOVA - UZB
2. SARYBAY Aigerim - KAZ
3. LAM Hin Wai - HKG
3. LEE Jolie Kar Yi - SGP