O'zbekistonlik shpagachi Malika Xakimova yozgi Tokio-2020 Olimpia o'yinlari uchun to'g'ridan-to'g'ri litsenziyani qo'lga kiritdi
O'zbekistonlik Malika Xakimova yozgi Tokio-2020 Olimpia o'yinlari uchun to'g'ridan-to'g'ri litsenziyani qo'lga kiritdi
Yaponiyaning Tokio shahrida joriy yil yozida bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasida uzoq kutilgan birinchi litsenziya qo'lga kiritildi.
Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik dasturiga muvofiq O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, Navoiy shahrining vakili Malika Xakimova Jahon kubogi hamda Osiyo kubogida muntazam ravishda ishtirok etib, o'tkazilgan jahon chempionati saralash musobaqasi yakuniy natijalariga ko'ra Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi - FIE qaroriga binoan to'g'ridan-to'g'ri litsenziya olish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Malika Xakimova 2021 yil 21-24 martda Qozon shahrida bo'lib o'tgan yakuniy saralash chempionatida qilichbozlikning shpaga turnirida ishtirok etib, ochkolar yig'ishga erishdi, natijada, Tokiodagi Olimpiya o'yinlariga to'g'ridan-to'g'ri litsenziya qozonish uchun FIE tomonidan ruxsat etilgan jahon reytingidagi ballar yig'indisi unga etarli bo'lganini ta'kidlash lozim.
Quvonarli jixati, ayollar o'rtasida Olimpiya o'yinlariga to'g'ridan-to'g'ri qozonilgan qilichbozlarimizning ushbu birinchi litsenziyasi qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston tarixida ilk bor qayd etildi.
Malika Xakimova, Navoiy shahri dagi "Sug'diyona" sport kompleksida 10 yoshidan qilichbozlik bilan shug'ullana boshladi, uning birinchi va hozirgi murabbiyi Kudayev Ruslan Ravilievich. 2012 yilda Malika Olimpiya zahira kollejiga Toshkentga ko'chib o'tdi.
2013 yilda M. Xakimova kadrtlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida birinchi shaxsiy bahslarda oltin medalni, 2015 yilda o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi oltin medalni qo'lga kiritdi. Shuningdek, u Qozog'istondagi xalqaro musobaqalarda ham oltin megal sohibi bo'lgan.
2019 yilda xalqaro "Satellit" va I-Markaziy Osiyo chempionatida birinchi o'rinni egallagan.
Ayni paytda Malika Xakimova Tokio shahridagi Olimpiya o'yinlari a'zosi bo'lib, Olimpiya o'yinlari litsenziyasini to'g'ridan-to'g'ri qo'lga kiritish uchun dunyo reytingida belgilangan miqdordagi ochkolarni yig'ishga erishdi.
Ta'kidlash lozimki, ushbu aniq maqsadga yo'naltirilgan Xakimova o'z treneri, milliy terma jamoasi bosh treneri Ruslan Kudaev bilan shu kungacha tayorgarlik jarayonini olib bordi.
Malika Xakimovani, shuningdek, O'zbekistonning qilichbozlik oilasi va barcha qilichbozlik sporti muxlislarini Tokio-2020 uchun qozonilgan birinchi litsenziya bilan tabriklaymiz.
Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalarga ega bo'lgan O'zbekistonlik barcha sportchilarni yozgi Tokio-2020 Olimpia va Paralimpiya o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lishlarini tilaymiz.
O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Matbuot xizmati