Qilichbozlarimiz xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Gruziyaga jo'nab ketishdi

Qilichbozlarimiz xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Gruziyaga jo'nab ketishdi

Bugun, 9 fevral kuni qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoaning asosiy tarkibi 2021 yil 9 fevralidan 17 fevralgacha milliy terma jamoa murabbiy Martin Kamadjiev va bosh murabbiyi, uchkarra Olimpiyada chempioni Vladimir Nazlimov rahbarligida Gruziyaga xalqaro o'quv mashg'ulotlar yig'inida ishtirok etish uchun jo'nab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, shu yilning 2-fevralidan 12-fevraligacha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan taqvim rejasiga binoan Litsenziyali musobaqalar, Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari-2022-ga tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston milliy terma jamoasi Sofiya (Bolgariya) shahrida Bolgariya, Ruminiya, Avstriya terma jamoalari bilan qo'shma xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazmoqda.

Shunday qilib, jamoamizning asosiy qismi 9-17 fevral kunlari Gruziyada, shuningdek Ukrainaning etakchi terma jamoalaridan biri (Olimpiya chempioni, bir necha bor jahon chempioni - Xarlam bilan), Turkiya, Gruziya Ozarbayjon terma jamoalari bilan birgalikda yig'inni davom ettiradi.

O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi matbuot xizmati