O`zbek qilichbozlari xalqaro turnirning oltin va bronza medallarini qo'lga kiritishdi
O`zbek qilichbozlari xalqaro turnirning oltin va bronza medallarini qo'lga kiritishdi
Sofiya shahrida (Bolgariya) qilichbozlikning sablya turida yangi mavsumdagi birinchi xalqaro turniri bo'lib o'tmoqda. Bugun boshqa xorijiy mamlakatlardan 50 ga yaqin sportchi ishtirok etgan shaxsiy birinchilik bahslarida O'zbekiston milliy terma jamoasining ettita qilichbozlari (Mamutov, Genjhebaev, Rasulov, Dushamboev, Aymuratov, Eshjanov, Davletnazarov) ishtirok etishdi.
Qizg'in kurashlar davomida qilichbozlarimiz Rasulov, Aymurotov, Eshjanovlar kuchli 8 talik guruhga kirish uchun janglarni boy berishdi, Davletnazarov esa chorak final bellashuvida mag'lubiyatga uchradi.
Quvonarlisi, erkaklar o'rtasida qilichbozlik bo'yicha xalqaro turnir g'olib va sovrindorlari qatorida O'zbekiston milliy terma jamoasining ikkita qilichbozi Sherzod Mamutov va Pazilbek Genjhebaev birinchi va uchinchi o'rinlarni egallab g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi.
Shuni ta'kidlash kerakki, ikkala hamyurtimiz - Sherzod va Pazilbek yarim finalda to'qnash kelishdi. Eng kuchlilarning - 2- tarkibiga kirish uchun Genzhebaev Mamutovga yutqazdi va "bronza"ni qo'lga kiritdi.
Shunday qilib, Sherzod Mamutov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratdi va final bosqichida bolgariyalik qilichbozni yengib, xalqaro turnirning oltin medaliga sazovor bo'ldi.
Ta'kidlash joizki, o'zbek qilichbozlari ushbu xalqaro turnirda munosib ishtirok etib, O'zbekiston bayrog'ini baland ko'tarishdi.
O'zbekiston qilichbozlik oilasi qilichbozlarimizni g'alaba bilan tabriklaydi! Barakalla!
Ertaga, 7 fevral kuni ayollar o'rtasida g'olib va sovrindorlar nomi ma'lum bo'ladi. Qilichboz qizlarimizga muvaffaqiyatlar va yorqin g'alabalar tilaymiz.
O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Matbuot xizmati