Bolalar turniridagi shpaga bo'yicha jamoaviy bahslarda Buxoro va Navoyi jamoalari g'olib bo'lishdi
Bolalar turniridagi shpaga bo'yicha jamoaviy bahslarda Buxoro va Navoyi jamoalari g'olib bo'lishdi
Bugun Toshkentda 2008-2009-yillarda hamda 2010-yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi bolalar o'rtasida bolib o'tayotgan qilichbozlik bo'yicha O`zbekiston chempionati doirasidagi musobaqalar reglamentiga ko'ra shpaga yo'nalishida jamoaviy bahslar bo'lib o'tdi.
Qiz bolalar terma jamoalari orasida Navoiy jamoasi g'olib bo'ldi. Musobaqaning final bosqichida Navoiy 1jamoasi (Abdullayeva, Sanayeva, Xalilova) Qoraqalpog'iston 1 jamoasi bilan birinchilik uchun bellashdi. Qizg'in va murosasiz kechgan bahslarda ikkala jamoaning ham imkoniyati va kuchlari teng edi. Shunga qaramay atiga 1 ochko bilan Navoiy jamoasi raqib jamoani mag`lub etdi va g'alaba shox - suppasining eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishiga muaffavqiyat bo'ldi. Hisob: 34-33
Shpaga. Jamoaviy birinchilik. Qiz bolalar (8ta jamoa)
1. Navoiy - 1
2. Qoraqalpog'iston-1
3. Toshkent
Shuningdek turnirda o'g'il bolalar jamoalari orasida Buxoro jamoasi shpagachi (Ibodulloyev, Naimov, Raxnatov, Shokirov)lari eng kuchli jamoa deb topildi.
Musobaqaning final bellashuvida Buxoro jamoasi hamda Toshkent-1 jamoasi o'zaro kuch sinashdi.
O'ta shiddatli kechgan bahs yakunida Buxoro jamoasiga omad kulib boqdi va Toshkent jamoasi 36-35 hisobi bilan imkoniyatni boy berdi. Shunday qilib, Buxoro jamoasi turnir g'olibiga aylandi.
Shpaga. Jamoaviy birinchilik. O'g'il bolalar ( 6ta )jamoa
1. Buxoro
2. Toshkent -1
3. Qoraqalpog'iston
O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Matbuot xizmati