2008-2009 va 2010-2012 yillarda tug'ilgan sportchilar o'rtasida qilichbozlikning shpaga turi bo'yicha O'zbekiston chempionati g'oliblari aniqlandi

2008-2009 va 2010-2012 yillarda tug'ilgan sportchilar o'rtasida qilichbozlikning shpaga turi bo'yicha O'zbekiston chempionati g'oliblari aniqlandi

Toshkentdagi "Paxtakor" sport majmuasining qilichbozlik zalida qilichbozlik bo'yicha respublika chempionati bo'lib o'tmoqda. Yosh mushketyorlar musobaqasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar chempionatlarida g'olib chiqqan va sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan qilichboz-sportchilar qatnashmoqdalar.

Bugun-25 yanvar kuni O'zbekiston chempionati doirasida 2008-2009 va 2010-2012 yillarda tug'ilgan sportchilar o'rtasida qilichbozlikning shpaga turi bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi. Shuni ta'kidlash kerakki, yosh sportchilarning musobaqalari juda ham qiziqarli va hayajonli o'tdi.

Quyida sizning e'tiboringizga bugungi musobaqaning yakuniy natijalarini taqdim etamiz.

Shpaga.  Shaxsiy birinchilik.  O'g'il bolalar.  U-12

1. Alimov Saidbilol -Milliy klab

2. Ro‘zimuhammadov Ibrohim - Toshkent

3. Ibodulloyev Asilbek - Buxoro

3. Pirleshbayev Yxlas - Qoraqalpog'iston

Shpaga.  Shaxsiy birinchilik.  Qizlar.  U-12

1. Salieva Tumaris - Qoraqalpog'iston

2. Choi Aleksandra - Milliy klab

3. Asetova Dilbar - Qoraqalpog'iston

3. Xalilova Alina - Navoiy

Shpaga.  Shaxsiy birinchilik. Qizlar.  U-10

1. Solomatina Evelina - Toshkent

2. Ibodulloeva Dilnura-Buxoro

3. Rasulova Jasmina - Navoiy

3. Jumanova Asaloy - Toshkent viloyati.

Shpaga.  Shaxsiy birinchilik. O'g'il bolalar.  U-10

1. Qurbonboyev Kallibek - Qoraqalpog'iston

2. Abdullaev Gaybulla - Guliston

3. Kamolov Koblan - Qoraqalpog'iston

3. Zhoniqulov Umidjon - Guliston

O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Matbuot xizmati