O’zbekiston kubogi musobaqalarida Qoraqalpog’istonlik sablyachilar Allaniyaz va Gulistan g’olib bolishdi
O’zbekiston kubogi musobaqalarida Qoraqalpog’istonlik sablyachilar Allaniyaz va Gulistan g’olib bolishdi
Habaringiz bor poytaxtimiz Toshkentda shu kunlarda Qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston kubogi musobaqalari qizg’in davom etmoqda.
Joriy yilning 18-dekabr kuni yosh sablyachi kadetlar orasida yakkalik bahslari bo’lib o’tdi. Musobaqalarda ja’mi 63 nafar atletlar ishtirok etdi. Ta’kidlash joyizki ushbu musobaqalarda Qoraqalpog’iston Respublikasi qilichbozlari g’alaba shohsuppasinig yuqori pog’onalarini zabt etishdi.
Sablyachi qizlar orasida kechgan bellashuvlarda Gulistan Perdebayeva birinchilikni qo’lga kiritib turnirning oltin me’daliga sazovor bo’ldi. Shuningdek Jizzax viloyatining qilichboz qizlari ham kumush va bronza me’dallarini qo’lga kiritishdi.
Yosh qilichboz yigitlar bahslarida Eshanov Allaniyaz barcha raqiblarini ortda qoldirib g’alabaga erishdi. Yana bir Qoraqalpog’istonlik sportchi Islambek Abdazov kumush me’dal sohibi bo’ldi. Uchinchi o’rin esa Toshkent viloyatidan Odilxon Usmonjonov hamda Qoraqalpog’istonlik Musa Aymuratovga nasib qildi.
Sablya. Shaxsiy birinchilik. Qizlar (26 ta ishtirokchi)
1. Perdibayeva Gulistan
2.Shokirova Samira
3.Ganiyeva Shaxnoza
3.Jumamuratova Ayako’z
Sablya. Shaxsiy birinchilik. Og’il bolalar (kadetlar. 37ta ishtirokchi)
1.Eshanov Allaniyaz
2.Abdazov Islambek
3.Usmonjonov Odilxon
3.Aymuratov Musa
O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Matbuot xizmati