Qilichbozlik III Evropa o'yinlarining dastlabki dasturiga kiritildi
Qilichbozlik III Evropa o'yinlari dasturini tashkil etadigan 23 sport turidan biriga aylandi. Ushbu musobaqalar 2023 yilda Krakovda (Polsha) bo'lib o'tadi.
Ushbu qaror Rimda (Italiya) bo'lib o'tgan Evropa Olimpiya Qo'mitalari (EOC) Kengashi yig'ilishidan so'ng qabul qilindi. Qilichbozlikni O'yinlar dasturiga kiritish bo'yicha keyingi harakatlar Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE), Evropa qilichbozlik konfederatsiyasi (EFC), EOC va musobaqa tashkiliy qo'mitasi vakillari o'rtasidagi qator maslahatlashuvlar natijasida aniqlanadi.
"EOC qarori bizning umidlarimizga javob beradi va men milliy federatsiyalarni va butun Evropa qilichbozlar oilasini ushbu voqea bilan tabriklayman", dedi ushbu yangilik bilan EFC prezidenti Stanislav Pozdnyakov. - Biz darhol kerakli tayyorgarlikni boshlaymiz - samarali ishlash va ushbu ajoyib imkoniyatdan maksimal darajada foydalanish uchun barcha jihatlar hisobga olinadi.
Eslatib o'tamiz, qilichbozlik 2015 yilda Bokuda (Ozarbayjon) bo'lib o'tgan
1-Evropa o'yinlari dasturiga kiritilgan edi. Ammo 2019 yilda Minskda (Belorussiya) bo'lib o'tgan II Evropa o'yinlari dasturida bizning sport turimiz yo'q edi.
rus tilidan M.Yakubova tarjimasi
Rossiya qilichbozlik federatsiyasi matbuot xizmati