QILICHBOZLIK BO`YICHA ONLAYN KUBOKNING TANTANALI OCHILISH MAROSIMI BO`LIB O`TDI

Shu kunlarda davom etayotgan qilichbozlik bo`yicha onlayn Kubok musobaqalarining final bosqichi oldidan bugun (2020 yil, 16 sentyabr) turnirning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Tadbir O`zbekiston Milly Olimpiya Qo`mitasi, Qilichbozlik federatsiyasi, qilichbozlik bo`yicha federatsiyaning mintaqaviy filiallari rahbariyati va vakillari, respublikamizdagi murabbiy va sportchilar,  Milliy terma jamoa a`zolari hamda mas’ul murabbiylari ishtirokidagi bo’lib o’tdi.

Onliyn musobaqaning tantanali ochilish marosimida so`zga chiqqan O`zbekiston Milly Olimpiya Qo`mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov, Qilichbozlik federatsiyasi raisi o`rinbosari Mirsardor Alimov, qilichbozlik bo`yicha Milliy terma jamoasi bosh murabbyi Vladimir Nazlimov hamda O’zQF bosh kotibi Gulnora Saidova barcha tadbir qatnashchilarini qutlab, hozirgi murakkab davrga qaramaslan shahsan Yurtboshimiz rahbarligi ostida mamlakatimizda sport sohasi bir muddat ham to`xtab qolmagani, aksincha  innovasion usullar bilan yashsashda, rivojlanishda davom etayotganini ta`kidlab o`tishdi va turnirda ishtirok etayotgan sportchilarga omad tilashdi.

“— Hurmatli liderlar, sportchilar, murabbiylar, hamkasblar tashkil etilgan galdagi onlayn musobaqa shubhasiz, qilichbozlik sportning aloqa turi ekanini namoyon etmoqda va sportchilarning asosiy vazifasi - bu o'z sport mahoratini ko'rsatish va musobaqa jangida to'g'ridan-to'g'ri g'alaba qozonishdir, — dedi O’zQF bosh kotibi Gulnora Saidova. — Biroq, koronavirus pandemiyasi bizning mamlakatimizdagina emas, balki butun dunyo bo'ylab ko'plab rejalarni o'zgartirdi va epidemiologik vaziyat bois murabbiy hamda sportchilar o`z uylarida mashg'ulot o'tkazishlariga to`g`ri keldi.

Menga berilgan hozirgi fursatdan foydalanib, mamlakatimiz Prezidenti va O`zbekiston hukumati, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ raxbariyatiga siz-yoshlar — sportchilarga jismoniy, psixologik va maxsus o'quv mashg'ulotlaringizni davom ettirishga harakat qilish imkoniyatini yaratib berganlari uchun Federatsiyamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. Bugun atletlarimiz ushbu qilichbozlik sport turini nafaqat kontakt-muloqot sporti, balki nafosatli, jozibador sport turi ekanini ajoyib va to`g`ri harakatlarni bajarish orqali namoyish etishlari kerak bo`ladi. Mazkur onlayn Kubokda barcha qilichbozlarga omad yor bo`lsin!”

Onlayn kubokning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasining madhiyasi yangradi va barchaga, ayniqsa, qo`llarini ko`ksiga qo'yib, madhiyamizni sharaf bilan ijro etayotgan, qilichbozlik oq kiyimini kiygan, Vatanimiz jasur mushketyorlariga qarash juda yoqimli edi. Biz barcha qilichbozlarga g`alaba nasib etishini tilaymiz!

O’zQF Matbuot xizmati