QILICHBOZLIK BO`YICHA ONLAYN KUBOK START OLDI

Bugun O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi tashabbusi bilan "Qilichbozlik, ishtiyoq, oila" shiori ostida Butunjahon qilichbozlik kuniga bag'ishlangan kattalar o'rtasida qilichbozlik bo`yicha onlayn Kubokka start berildi.

Ushbu onlayn musobaqani o'tkazish jadvaliga muvofiq 13 sentyabr kuni respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan sportchilar ishtirok etadigan qilichbozlikning shpaga yo`nalishi bo'yicha saralash bosqichi bo'lib o'tadi.

Bugungi musobaqada jami 67 nafar shpagachi-sportchilar ishtirok etishmoqda, shundan 28 nafari qilichboz qizlardan iborat.

Eslatib o`tamiz, musobaqalar ZOOM platformasida o'tkazilmoqda.
16-18 sentyabr kunlari
qilichbozlikning shpaga, rapira, sablya yo`nalishlari bo'yicha yakuniy bosqichlar www.youtube.com platformasida jonli efirda namoyish etiladi.

Aziz qilichbozlik sporti ihlosmandlari, biz bilan birga qiziqarli va jo`shqin onlayn turnirni kuzatib boring. Ishonamizki, Siz albatta, istiqbolli qilichbozlarimizni qo`llab-quvvatlaysiz!

 

O`zQF Matbuot xizmati