Butunjahon qilichbozlik kuni — “Qilichbozlik, ishtiyoq, oila”

O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi sayyoramizning barcha qilichbozlari va qilichbozlik sporti muxlislarini "Qilichbozlik, ishtiyoq, oila" shiori ostidagi Butunjahon qilichbozlik kuni bilan tabriklaydi.

Xabaringiz bor, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi har yili sentyabr oyining ikkinchi shanbasini Butunjahon qilichbozlik kuni deb e'lon qilgan. Bu yil, qilichbozlik sporti va uning qadriyatlarini ommalashtirishga qaratilgan Butunjahon qilichbozlik kuni bugun - 12 sentyabrda nishonlanmoqda.

Ta'kidlash joizki, bayram g'oyasi - mazkur sevimli sport turi butun dunyo bo'ylab odamlarni qanday qilib birlashtirishi, ularga umumiy ishtiyoq va qilichbozlikka bo'lgan sadoqatini baham ko'rishlariga imkon berish, bugungi muammolarni engishga va kelajakka umumiy mushtarak umid yaratib yordam berishga qaratilgan.

Bu borada qilichbozlik bo'yicha Xalqaro hamjamiyat har qanday muammoga dosh bera oladigan katta oila sifatida namoyon bo'ladi.

Ushbu ajoyib kunda O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasi oilasi barchaga sihat-salomatlik, tinchlik va ezgulik, katta va yorqin sport g'alabalarini tilaydi!

 

O`zQF matbuot xizmati