Toshkent viloyatida “Mustaqillik kuni” munosabati bilan sport tadbirlari boʻlib oʻtmoqda

Toshkent viloyatida “Mustaqillik kuni” munosabati bilan sport tadbirlari boʻlib oʻtmoqda

 

Bugun Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusi doirasida barpo qilingan “Paxtazor” sport kompleksida Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan sport tadbirlari tashkil etildi.

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi tashkil etilgan musobaqalarda 100 nafardan ortiq yoshlar futbol, voleybol, yengil atletika, kikboksing sport turlari boʻyicha oʻzaro gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan tumanda istiqomat qiluvchi koʻplab nuroniylar ishtirokida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi.

Tadibirda ishtirok etganlar Hukumatimiz tomonidan bugungi kunda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilayotganligini alohida eʼtirof etib, endilikda bu imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligini taʼkidlashdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati