Prezident FIE axborot xati

Hurmatli Federatsiya Prezidenti,

Mavzu: Tokio Olimpiya o'yinlari

Tokiodagi Olimpiya o'yinlarini o'tkazish sanasi 2021 yilga qoldirilgandan so'ng, FIE Ijroiya qo'mitasi va xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan yangilangan malaka tizimini ko'rib chiqing.

Hujjatda qayd etilgan turli sanalar faqat FIE - Xalqaro qilichbozlik Federatsiyasining 2-20-sonli  maktubida taqdim etilgan qarorlarni hisobga olgan holda qabul qilish uchun moslashtirilgan va qayta ko'rib chiqilgan.

2020 yilning mart oyigacha olingan natijalar va malakalar saqlanib qolmoqda.
2020 yil 8 mart holatigacha bo'lgan reytinglar "muzlatilgan" bo'lib, 2-20-sonli maktubda eslatib o'tilgan Olimpiya malakalarini hisobga olgan holda so'nggi musobaqalarni o'tkazishga tayyor bo'lgach, qayta tiklanadi (sana hali aniqlanmagan).

Qayta ko'rib chiqilgan sanalarni hamda yuqorida keltirilgan saralash tizimi  axboroti to'g'risidagi ma`lumotlarni so'nggi sahifada ko'rish mumkin.

Alisher Usmonov

FIE Prezidenti