"3 daqiqa ichida ulgurib qol" tanlovi g'oliblari aniqlandi"
Avval xabar qilinganidek, afsonaviy o'zbek rapiristi, Jahon chempioni, hozirda Pan-Amerika qilichbozlik Konfederatsiyasi Prezidenti Vitaliy Logvin tashabbusi bilan O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari uchun "3 daqiqada ulgurib qol" tanlovi e'lon qilingandi.
Ushbu tanlov mezonlariga ko'ra, sportchi 3 daqiqada kamida 6-8 badanni qizdirishga mo'ljallangan mashqlarni bajarishi kerak edi. Tanlovning tashabbuskori va tegishli mas'ul xodimlari shu kunlarda g'oliblarni aniqlashdi.
— Ushbu tanlov ishtirokchilari orasida qilichbozlarimizning barcha taqdim etgan ishlari munosib tayyorlangan bois bizga barcha video materiallar manzur bo'ldi - deydi O'zQF bosh kotibi Gulnora Saidova. – G'olibni tanlash qiyin kechdi, keyin rahbarlar Vitaliy Nikolaevich tomonidan aytilgan maxsus topshiriqdan kelib chiqdilar, yani tanlovdagi vazifa qizdirish mashqlari va ularning to'g'ri bajarilishi va 3 daqiqada ulgurishdan iborat edi.
Shunday qilib, quyidagi sportchilar bu vazifani mukammal bajarishdi:
1-o'rinni Malika Hakimova egalladi. Sovrin - qilichbozlik poyafzali -krossovka.
2- o'rin Anastasiya Ivanova, milliy terma jamoa a'zosi. Sovrin - FIE yuz uchun qilichbozlik niqobi.
3-o'rinni terma jamoa a'zosi Matvey Kremnev egalladi. Sovrin - "Maragen FIE" qilichi.
Shuningdek, g'oliblar orasida rapirist Radmir Semeneyev ijodiy, badiiy va "Gollivud yondashuvi" uchun tanlovning maxsus sovrinini qo'lga kiritdi. Sovrin - qilichbozlik elektr kurtkasi.
G'OLIBLARNI TABRIKLAYMIZ VA BARCHA ISHTIROKCHILARGA MINNATDORCHILIK BILDIRAMIZ.
O'zQF Matbuot xizmati