Qilichboz-sportchilar orasida «3 daqiqa ichida ulgurib qol» tanlovi boshlandi

Mashhur qilichbozlik ustasi, afsonaviy o'zbek rapiristi, Jahon chempioni, ayni vaqtda Panamerika Qilichbozlik Konfederetsiyasi prezidenti Vitaliy Logvin tashabbusi bilan qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari o'rasida navbatdagi «3 daqiqa ichida ulgurib qol» tanlovi boshlandi.

Ushbu tanlov mezonlariga ko'ra, sportchi 3 daqiqada kamida 6-8 ta badanni qizdirish mashqlarini bajarishga ulgurishi kerak bo'ladi.

Ta'kidlash joizki, Vitaliy Nikolaevich doimo va hamma joyda bizning qilichbozlarimizni qo'llab-quvvatlab, sportchilarga har kuni aniq maqsadga muvofiq ravishda mashq qilishni tavsiya etib, ularni yorqin sport g'alabalariga erishishga undab va rag'batlantirib, mashqlarni bajarishda o'zi shaxsan namuna bo'lib kelmoqda.

Vitaliy Logvin barchani karantin qoidalariga amal qilib, muntazam ravishda sport bilan shug'ullanishga chaqiradi.

O'zQF matbuot xizmati