Qilichbozlikni qanday o'rganish kerak
Zamonaviy dunyoda qilichbozlik jang san'ati va hatto fitnesning o'ziga xos turiga aylandi.
Qilichbozlikning uch turi mavjud bo'lib, bular badiiy, tarixiy va sport turlaridir. Tarixiy qilichbozlik tanlangan davrning juftlik yoki guruh o'yinini qayta tiklaydi. Badiiy tarixiy, ammo yanada ajoyib va jozibador.
Qilichbozlik sporti tanani shakllantirish, tezkorlik va harakatchanlikni rivojlantirish uchun yengil, qilich, yani shpaga, rapira yoki sablyaning engil versiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Qilichbozlikdagi yuqori jarohatlar haqidagi ommabop fikrga qarshi, bu sport deyarli xavfsizdir. Qilichbozlik, ayniqsa, o'z gavdasi va umurtqa pog'onasini to'g'rilashni istaganlar uchun foydalidir. Bundan tashqari, qilichbozlik tufayli egiluvchanlik, harakatlarni muvofiqlashtirish rivojlanadi va tana tuzulishi shakllanadi. Vaqt o'tishi bilan qilichbozlik nafaqat erkaklar, balki ayollar sport turiga aylanganligi ajablanarli emas.
Agar siz ushbu ajoyib sport turi bilan shug'ullanishga qaror qilsangiz, avval siz qurol va klub haqida qaror qabul qilishingiz kerak. Keyin yo'lak bo'ylab harakatlanishni, zarba berish, yani "ukol" sanchishni va himoya qilishni o'rganing. Qilichbozlikning asosiy usullari - bu jangovar pozitsiya, oldinga va orqaga qadam tashlash, shuningdek, qurolni ushlab turish qobiliyati. Siz har bir harakatni qanday qilib amalga jshirishingiz qurolga bog'liq bo'ladi, chunki, shpaga uchun nima va qanday harakat qilish yaxshi bo'lsa, u sablyaga mos kelmasligi mumkin.
Siz qilichbozlik asoslarini individual ravishda (yollangan o'qituvchi-murabbiy yordamida) yoki kurslarda va sparring duelini tashkil etadigan sport klublarida o'rganishingiz mumkin . Qilichbozlik texnikasini o'rganish uchun o'rtacha uch-to'rt oy vaqt ajratiladi (mashg'ulotlarning chastotasiga qarab). Keyinchalik, sizga boshqa talabalar bilan bellashuvga yoki mashg'ulot o'tkazish uchun ruxsat beriladi. Rivojlanishning yakuniy bosqichi klub tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etishdir.
Qilichbozlik uchun anjomalarga e'tibor bering: mahsus sport kiyimi, yengil sport poyabzal, qurol, niqob, o'quv qo'lqopi va ko'krak qafasini himoya qiladigan bandaj. Aytgancha, mashg'ulotlar chindan ham xavfsiz bo'lishi uchun jihozlar, yani ekipirovka Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan bo'lishi kerak.
E'tibor qiling, qilichbozlik vositasi qimmatga tusha. Dastlab sizning murabbiyingiz sizga rapira sinflarini beradi. Avvaliga sizga qo'lqoplar, niqoblar va bibslar beriladi, ammo tajribali qilichbozlar o'z qurollarini ishlatishadi.
Bolalar va o'smirlar uchun sport maktablarida qilichbozlikning birinchi yili odatda bolaning umumiy jismoniy rivojlanishini o'z ichiga oladi. Bu erda talabaning diqqatini jamlash qobiliyatiga katta e'tibor qaratilgan. 2-kursdan esa bevosita qilichbozlik boshlanadi.
rus tilidan M. Yakubova tarjimasi
O'zQF matbuot xizmani