Qilichbozlik bo'yicha hakamlar litsenziya olish imtihoniga tayyorgarlik ko'rishmoqda

Ayni paytda respublikamizning qilichbozlik sport turi bo'yicha hakamlari bo'lajak litsenzion imtihonga muvaffaqiyatli tayyorgarlik ko'rishmoqda .

O'zbekiston qilichbozlik federatsiyasining bosh hakami, xalqaro darajadagi sudya Aida Xasanova bu haqda quyidagi fikrlarni bildirdi.

       "- Mazkur haftalik respublikamizning qilichbozlik sport turi bo'yicha hakamlari uchun samarali o'tdi va biz karantin davrida  masofaviy ishlash uchun ishlab chiqilgan   dastlabki ish rejasiga muvofiq onlayn tizimida  ilk seminarni tashkil etdik.

Xalqaro dadrajadagi onlayn  rejimida o'tkazilgan  ushbu seminar davomida, mamlakatimizning  deyarli barcha hududlarida faoliyat olib borayotgan qilichbozlik sport turi bo'yicha hakamlar, murabbiylar va sportchilardan jami  35 kishi ishtirok etdi.

       Ushbu seminarda ko'tarilgan savollar va sharhlarda o'zini namoyon qilgan hamkasiblarning ishtiyoq va jonli qiziqishlarini ko'rish juda yoqimli edi. Ko'pchilik seminardan so'ng o'z sharhlarida bu muloqotdan olgan bilimlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Albatta, bu kabi seminarlar ishtirokchilarning nafaqat bilimlarini kengaytirishi, balki ularning kayfiyati va ijobiy xislatlariga ham sezilarli tasir qiladi.

    Shuningdek, o'tkan hafta davomida biz "karantin davrida xalqaro hakamlar birgamiz" video-roligini tayyorlashda faol ishtirok ettik. Dunyo bo'ylab 12 nafar xalqaro toifali hakamlar o'z videolarini yuborgan va bu videorolik montaj qilinib O'zQF rasmiy saytida yoritildi.

 

Ta'kidlash joizki, seminarning navbatdagi bosqichi FIE xalqaro hakami va Olimpiya sovrindori, Ukraina sport vaziri ishtirokida o'tkazilishi rejalashtirilgan".

Onlayn seminarning mintaqaviy qilichbozlik hakamlari uchun keyingi qismida Olimpiya o'yinlari g'olibi, FIE sobiq xalqaro hakamlar qo'mitasi a'zosi Elgar Mamedov ishtirokida tashkil etish rejalashtirilgan.

Bu kabi onlayn  seminarda ishtirok etayotgan "mehmonlar"  qilichbozlik sohasida  ko'pyillik xalqaro tajribaga ega bo'lgani bois ham o'zbek qilichbozlik sport turida hakamlikni rivojlantirish borasida bizning mutahasislar uchun bilim manbai bo'lib, maqsadga  erishish va uzluksiz professional o'sishlarigaga xizmat qiladi.

O'zQF Matbuot xizmati