Qilichbozlar mashg'ulotlarni onlayn tartibda davom ettirishmoqda

Qilichbozlar mashg'ulotlarni onlayn tartibda davom ettirishmoqda

 Bugun qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolarining asosiy tarkibi uchun bo'lib o'tgan onlayn o'quv mashg'ulotlarida O`zR jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbarlari ishtirokida tashkil etildi.

Bu o'quv mashg'ulot karantin davrida har kuni otkazilanayotgan odatdagi online tartibdagi mashg'ulotlardan biri bo'lib,  bugungi mashg'ulotda shpaga, rapira va sablya yo'nalishlari bo'yicha Milliy terma jamoaning murabbiylari qatnashdilar. Mashg'ulotning qizg'in qismini rapira yo'nalishi bo'yicha murabbiyning yordamchisi Abror Sobirov olib bordi.

 Maxsus mashg'ulotning asosiy qismini shpaga yo'nalishi bo'yicha murabbiylar Ruslan Kudaev va Andrey Kolotilin amalga oshirdi.

Shuningdek o'quv mashg'ulotlarni qilichbozlikning  sablya yo'nalishi bo'yicha murabbiy Martin Kamadzhiev, shpaga yo'nalishi bo'yicha murabbiy Gennadiy Pelikh, murabbiy yordamchi Doniyor Nugumanovlar mashqlarni qiziqarli tarzda o'tkazib, sportchilarga o'z tavsiyalarini berdilar.

Mashg'ulotda  qilichbozlik bo'yicha terma jamoa a`zolaridan
16 nafar sportchi, shuningdek qilichbozlik federatsiyasi shifokori hamda O'zQF bosh kotibi ishtirok etishdi.

Aytish kerakki ushbu mashg'ulotlar muvaffaqiyatli o'tkazildi. Mashg'ulotlar davomida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan yuqori turuvchi sport tizimidagi o'rganlarning raxbarlari murabbiylar jamoasining ahilligini, sportchilarning faol ishtirokini ta`kidladilar. Ular murabbiylar va barcha sportchilarga   bo'lajak xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishda  ko'tarinki kayfiyat va sabr-toqat bilan ijobiy ruhda davom ettirishlarini tilab qoldilar.

O'zQF Matbuot xizmati