Jismoniy tarbiya va sport vazirligida tegishli tayinlovlar amalga oshirildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida tegishli tayinlovlar amalga oshirildi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyevning tegishli buyrugʻi bilan shu kungacha Sport oʻyinlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan Rahmatxoʻjayev Muzaffarxoʻja Yunusxonovich 2020-yil 14-apreldan vazirlikning Oliy sport yutuqlari, milliy terma jamoalarini shakllantirish va tayyorlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Xasanov Jamshidbek Xalimovich hududlarni sportga ixtisoslashtirish va oʻyin sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Mamatnazarov Bahodir Ismoilovich esa endilikda Sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori lavozimida faoliyat olib boradi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati