Sablyachi qilichbozimiz Fernanda Errera jahon chempionati bronza medali sovrindori

Sablyachi qilichbozimiz Fernanda Errera jahon chempionati bronza medali sovrindori
Xabaringiz bor shu kunlarda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Musobaqaning bugungi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medalini qoʻlga kiritdi.
Unga yoshlar toifasidagi bahslarda qatnashgan Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari chempioni Fernanda Errera mualliflik qildi. Hamyurtimiz saralash bosqichida Yaponiya, Italiya, Xitoy, Vengriya vakillarini magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Biroq yarim finalda Xitoy termasining boshqa bir aʼzosi Simao Panga imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan taqdirlandi.