Poytaxtimizda qilichbozlik bo’yicha O‘zbekiston chempionati U-20 start oldi

Poytaxtimizda qilichbozlik bo’yicha O‘zbekiston chempionati U-20 start oldi
E’tiborungizga joriy yil 10-16mart kunlari Toshkent shahrida sportning qilichbozlikning 3 turi bo‘yicha o‘smirlar o’rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.
Bugun musobaqaning ilk kunida sablya yo’nalishidagi yakkalik bahslari bo’lib o’tadi. 
Unda mamlakatimizning Qoraqalpog’iston respublikasi, barcha viloyatlari hamda Toshkent shahridan qariyb 60 nafar sportchilar ishtirok etmoqda. 
Barcha qilichbozlarimizga omad va yorqin g’alabalar tilab qolamiz!
Sablya  bo’yicha O‘zbekiston chempionati - U-20 ilk g’oliblari aniqlandi.
Toshkent shahrida o‘tkazilinayotgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar o’rtasidagi O‘zbekiston chempionati doirasida sablya yo’nalishidagi yakkalik bahslari bo’lib o’tdi. 
Unda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 60 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdi. 
Yakuniy natijalar;
O’g’il bolalar:
1 .Aymuratov Musa -Qoraqalpog’iston
2. Urakbaev Alpamis-Qoraqalpog’iston
3. Dauletnazarov Azizbek - Qoraqalpog’iston
3.Kenesbaev Nursultan -NOPSTTM
Qizlar;
1.Perdibaeva Gulistan -Qoraqalpog’iston
2.Jumamuratova Ayakoz -Qoraqalpog’iston 
3. Jaksibaeva Nargiza -Qoraqalpog’iston
3. Shokirova Samira-Jizzax
Barcha trenerlar va sportchilarimizni g’alaba bilan tabriklaymiz!