O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining rasmiy raddiyasi

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining rasmiy raddiyasi
O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi Italiyada o‘zbekistonlik qilichboz bilan bog‘liq voqea haqidagi asossiz ma’lumotni rad etadi. 2023-yil 4-5 avgust kunlari qilichbozlik bo‘yicha Milliy terma jamoa a’zolari (uch turdagi qurollar bo‘yicha) hech qanday xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga bormaganligini to‘liq mas’uliyat bilan bildiradi.
2023-yilning 28-iyulidan 5-avgust kuniga qadar asosiy jamoa tarkibi Jahon Universiadasida ishtirok etish uchun Xitoyning Vusi shahriga uchib ketdi.
Ishtirok etmagan sportchilarning qolganlari esa o’z uylarida va oilalari huzurida edi.

Afsuski, ba'zi norasmiy ommaviy axborot vositalari noto'g'ri ma'lumotlarni chop etadi va qayta nashr etadi, bu ko'pincha noto'g'ri hukm va xulosalarga olib keladi.
Bu ayni damda dunyoda yetakchi o‘rinni egallab turgan va kimgadir yoqmayotgan o‘zbek qilichbozlarimiz uchun qandaydir provokatsiya bo‘lishi ham mumkin.
Qilichbozlik federatsiyasi rahbariyati tomonidan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari hamda federatsiya mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida yuqoridagi xabardagi ma’lumotlar muhokama qilindi va federatsiyaning fikricha, bunday urinish kuchli sportchilarga qaratilgan eng keng tarqalgan tuhmatlardan biridir.

O’QF  matbuot xizmati