Zaynab Dayibekovaga omad tilaymiz!

Zaynab Dayibekovaga omad tilaymiz!
Joriy yilning 1-2 mart kunlari Gretsiyaning Afina shahrida kattalar o’rtasida qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo’yicha Jahon Kubogi bosqichi bo’lib o’tmoqda. 
Ta’kidlash joizki mazkur JK musobaqasi sportchilarga Parij-2024 Olimpiada O’yinlariga yo’llanma olish uchun muhim ochkolarni yig’ish imkoniyatini taqdim etadi. 
Jahonning eng kuchli qilichbozlari ishtirok etayotgan ushbu musobaqada Qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston terma jamoa a’zosi Zaynab Dayibekova bugun bahslarga kirishadi. 
Eslatib o’tamiz, hozirda hamyurtimiz Z. Dayibekova qilichbozlikning sablya yo’nalishidagi sportchi ayol-qizlar jahon reytingida Top-16talik guruhdan o’rin olgan. 
Zaynabga yorqin g’alabalar va omad tilaymiz!