TABRIK

TABRIK
Qilichbozlik bo’yicha o’smirlar va yoshlar o’rtasida Bahrainda o’tkazilgan Osiyo Chempionatida O’zbekiston terma jamoasi musobaqalar yakunida yaxshi natijalarni qo’lga kiritdi. Chempionatda ishtirok etgan Osiyo qit’asdagi qariyb 20 ta mamlakatlar milliy terma jamoalari orasida Milliy terma jamoamiz a’zolari qo’lga kiritilgan medallar salmog’i bo’yicha umum jamoa hisobida yuqori reytinga erishib, 2-o’rinni egalladi. 
Shu munosabat bilan O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasiga qator Tabriklar kelmoqda. Jumladan qilichbozlik sporti Faxriylar kengashi ham yosh qilichbozlarimizni hamda sport mutasaddilarini tabrikladi. 
“Hurmatli hamkasblar, ustozlar va aziz yosh qilichbozlar! 
Qilichbozlik federatsiyasi faxriylar kengashi nomidan sizlarni Bahrayndagi Osiyo chempionatida qayt etgan g‘alabangiz bilan tabriklab, sizga sog‘lik, muvaffaqiyatlar va O'zbekiston Respublikamiz bayrog‘i ostida yangi zafarlar tilayman!
Sport ustasi Bahodir Nazirov”.