O’zbekiston qilichboz qizlari Osiyo Chempionati g’olib va sovrindorlari

O’zbekiston qilichboz qizlari Osiyo Chempionati g’olib va sovrindorlari
Bahrainning Manama shahrida yoshlar o’rtasida o’tayotgan Osiyo Chempionati doirasida bugun qilichbozlikning sablya va shpaga turi bo’yicha qizlar, rapira turida esa yigitlar jamoaviy bellashuvlari o’tkazildi. Ushbu turnirda sabliya bo’yicha O’zbekiston terma jamoa a’zolari 
Guliston Perdiboyeva,
Samira Shakirova,
Fernanda Errera,
Nargiza Jaksiboyevalar barcha kuchli raqib jamoarini engib, chempionatning oltin medaliga sazovor bo’lishdi. 
Ta’kidlash joizki, jahonning 14ta davlatlaridan qatnashgan eng kuchli terma jamoalar orasida bo’lib o’tgan bahslarda sportchi qizlarimiz finalda Gongkong jamoasini yaqqol ustunlik bilan mag’lub. 
Yakuniy natija;
1 O’zbekiston
2 Gongkong
3 Qozog’iston
3 Koreya
Shpaga turida terma jamoamiz a’zolari bronza medaliga ega bo’ldi
Dilnaz Murzatayeva, Shaxzoda Egamberdiyeva, Aziza Hamidova, Sanam Nazarovalardan iborat termamiz jamoaviy bahsning
keskin va murosasiz o’tkan yarim final jangida afsuski, Yaponiya jamoasiga imkoniyatni boy berdi va shohsupaning uchinchi pog’onasini egallab, bronza medaliga sazovor bolishdi. 
Yakuniy natija;
1 Yaponiya
2 Xitoy
3 Koreya
3 O’zbekiston 
Barcha trenerlarimiz va sportchilarimizni g’alaba bilan tabriklaymiz!