Shpagachi yigitlarimiz jamoasi Osiyo chempionati sovrindorlari

Shpagachi yigitlarimiz jamoasi Osiyo chempionati sovrindorlari
Baxrain poytaxti Manama shahrida bo’lib o’tayotgan qilichbozlik bo’yicha Osiyo Chempionati doirasida bugun yoshlar o’rtasida shpaga yo’nalishi bo’yicha yigitlar jamoaviy bahslari o’tkazildi. Musobaqada 23 ta davlat sportchilari ishtirok etishdi. 
Quvonarli jihati, ushbu musobaqada qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari FAYZIEV Ahmadjon,
SIDIKOV Muhammadyusuf,
TIMUROV Meyirkhan,
TURISHEV Iskandar 
Osiyo chempionati bronza medalini qo’lga kiritib, shohsupaning uchinchi pog’onasiga ko’tarildi. 
Shpagachi yigitlarimiz mohirlik bilan barcha raqib jamoalarini magʻlubiyatga uchratishdi. Biroq yarim finalda Qozog’ston terma jamoasiga 37-36 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 
Yakuniy natija;
1. Xitoy 
2. Qozog’iston 
3. Koreya
3. O’zbekiston 
Barcha murabbiylarimiz va qilichbozlarimizni qit’a miqyosidagi yirik turnirda  erishilgan yaxshi natija bilan tabriklaymiz!