Sablyachimiz Musa Aymuratov Osiyo chempioni

Sablyachimiz Musa Aymuratov Osiyo chempioni
Avval xabar berilganidek, 
qilichbozlik bo’yicha 16-24 fevral kunlari bo’lib o’tayotgan Osiyo Chempionati doirasida yoshlar o’rtasidagi musobaqalar start oldi. Chempionat dasturiga binoan bugun qilichbozlikning rapira yo’nalishida qizlar, shpaga va sablya yo’nalishlarida yigitlar yakkalik bahslari bo’lub o’tdi. 
E’tiborli jihati, mazkur bahslarda o’zbek qilichbozlari myvaffaqiyatli ishtirok etishdi. 
Ayniqsa, sablyachi yosh yigitlarimiz qit’a qilichbozlari orasida kuchli ekanini yana bir bor isbotlashdi. 
Eng shiddatli va murosasiz kechgan yarim final va final bosqichida Musa Aymuratov hamda Zuxriddin Qodirov qit’a birinchiligi uchun munosib bellashdi. 
Sportchimiz M. Aymuratov yarim final bosqichida Koreyalik sportchi Park Inni 15:11 hisobida mag’lub etib, finalga yo’l oldi. 
Zuxriddin Qodirov esa juda ham ayovsiz kechgan yarim final bahsida Xitoylik raqibi Chan Lok Hei Roysga 15:13 hisobida imkoniyatni boy berdi va bronza medaliga ega bo’ldi. 
Musa Aymuratov final bosqichida aynan Zuhriddinni dog’da qoldirgan Chan Lok Hei Roysni yaqqol ustinlik bilan 15:07 hisobida engib, O’zbekiston o’glonlari kuchli ekanligini ko’rsatib qo’ydi.  Shu tariqa qilichbozimiz Osiyo chempioniga aylanib, oltin medalga sazor bo’ldi va Vatanimiz bayrog’ini yuqori ko’tarishga erishdi.
G’alaba barchamizga myborak bo’lsin! Barakalla qilchbozlarimiz!