Manamadan yana bir hushxabar!

Manamadan yana bir hushxabar! 
Shpagachi qizlarimiz jamoasi Osiyo chempionati sovrindori
Ayni kunlarda Baxrain poytaxti Manama shahrida bo’lib o’tayotgan qilichbozlik bo’yicha Osiyo Chempionati doirasida bugun o’smirlar yosh toifasida shpaga yo’nalishi bo’yicha qizlar jamoaviy bahslari o’tkazildi. 
Quvonarli jihati, ushbu musobaqada qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi a’zolari Xalilova Alina, Mansurova Madina, Nazarova Sanam, Raxmonova Muxlisa Osiyo chempionatining bronza medalini qo’lga kiritib, shohsupaning uchinchi pog’onasiga ko’tarildi. 
Hamyurtlarimiz dastlab Oʻmon, soʻng chorak finalda Singapur jamoarini magʻlubiyatga uchratishdi. Biroq yarim finalda janubiy koreyalik tengqurlariga 41:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi 
Yakuniy natija;
1. Koreya
2. Qozog’iston 
3. Gongong (Xitoy)
3. O’zbekiston 
Barcha murabbiylarimiz va qilichbozlarimizni Osiyo qit’asi miqyosidagi yirik turnirda  erishilgan yaxshi natijalari bilan tabriklaymiz!