Sablyachi yigitlarimiz yana shohsupada

Sablyachi yigitlarimiz yana shohsupada

Qilichbozlik bo’yicha O’zbeksiton o’smirlar terma jamoasi Bahraynda yana bir medalga sazovor bo’ldi. Bugun sablyachi yigitlarimiz jamoaviy dasturda kumush medallarni qo’lga kiritishdi.

Hamyurtlarimiz chorak finalda Singapur, yarim finalda Xitoy jamoalaridan ustun kelishdi. Biroq hal qiluvchi bellashuvda janubiy koreyalik tengruqlariga imkoniyatni boy berib, turnirni ikkinchi o’rinda yakunlashdi.

1. Koreya Republikasi 
2. Uzbekistan 
3. Xitoy 
3. Gonkong