Qilichbozimiz Nargiza Jaksibaeva Osiyo chenpionati g’olibi

Qilichbozimiz Nargiza Jaksibaeva Osiyo chenpionati g’olibi
Ayni kunlarda Baxrain poytaxti Manama shahrida qilichbozlik bo’yicha Osiyo Chempionati o’tkazimoqda. 
Bugun chempionat Dasturiga binoan o’smirlar o’rtasida sablya yo’nalishi bo’yicha qizlar yakkalik bahslari bo’lib o’tdi. 
Quvonarli jihati, sablyachi qizimiz Nargiza Jaksibaeva barcha raqiblarini engib, chempionatning oltin medalini qo’lga kiritdi va shohsupaning eng yuqori pog’onasiga ko’tarildi. 
Ta’kidlash joizki, Nargiza Singapurlik sportchi Kom Abigail Rui Qi bilan kechgan final bahsida mutloq ystunlik bilan 15-06 hisobida g’alabaga erishdi.