Sablyachimiz Alpamis Urakbaev Osiyo chempioni

Sablyachimiz Alpamis Urakbaev Osiyo chempioni

Avval xabar berilganidek, 
bugun qilichbozlik bo’yicha Osiyo Chempionati doirasidagi musobaqalarda sportchilarimiz o’smirlar o’rtasida qilichbozlikning rapira yo’nalishida qizlar, shpaga va sablya yo’nalishlarida o’g’il bolalar yakkalik bahslarida myvaffaqiyatli ishtirok etishdi. 
Quvonarlisi, sablyachi o’smir yigitlarimiz qit’a qilichbozlari orasida tengsiz ekanini isbotlashdi. 
Eng shiddatli va murosasiz kechgan yarim final va final bosqichida Alpamis Urakbaev va Sardor Abdukarimbekov munosib kurash olib borishdi. 
Natijada A.Urakbayev yarim final bosqichida Gongok sportchisi Chan Man Hei 15:12 hisobida mag’lub etib finalga yo’l oldi. Afsuski, S.Abdukarimbеkov koreyalik raqibi Choi Minhyung bilan kechgan bahsda 15:12 hisobida imkoniyatni boy berib bronza medaliga ega bo’ldi. Alpamis Urakbaev esa final bosqichida koreyalik Choi Minhyungni 15:8 hisobida dog’da qoldirib qit’a chempioniga aylanib, oltin medalga va Vatanimiz bayrog’ini yuqori ko’tarishga erishdi.