Zaynab Daybekova jahon Kubogi sovrindorlari qatorida

Zaynab Daybekova jahon Kubogi sovrindorlari qatorida
Avval xabar berganimizdek, 10-fevral kuni Peruda qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon Kubogi bo’lib o’tmoqda.
Aytish joizki, musobaqada 20 dan ortiq davlatlardan kuchli sportchilar ishtirok etmoqda.
Ular orasida O‘zbekistonlik qilichboz Zaynab Daybekova bronza medalini qo‘lga kiritganini faxr bilan e’lon qilamiz.
Top-16likka kirish uchun kechgan janglarda Zaynab hindistonlik raqibi Chadalavada Anandha Sundxararaman Bxavani Devini 15-10, chorak finalda esa yaponiyalik raqibi Emura Misakini  15-08 hisobida mag‘lub etdi. 
Ammo yarim finalda Zaynab vengriyalik raqibi BATTAI Sugar Katinkaga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa
 sportchimiz bronza medali bilan taqdirlanib, shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
Qilichbozlarimiz va murabbiylarimizni erishgan spory yutuqlari bilan tabriklaymiz!