Jahon kubogi bosqichida qilichbozimiz Shokirova Samira bronza medali sohibi

Jahon kubogi bosqichida qilichbozimiz Shokirova Samira  bronza medali sohibi 

Bugun Bolgariyaning Plovdiv shahrida qilichbozlikning sablya turi bo’yicha yoshlar o’rtasida navbatdagi Jahon Kubogi bosqichi o’tkazildi. Ushbu turnirda Qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston terma jamoa a’zosi Shakirova Samira kuchli raqiblarini ortda qoldirib g’alaba shoxsuppasining 
3-pog’onasidan o’rin egalladi. 
Ta’kidlash joizki, jahonning 21 dan ortiq davlatlaridan qatnashgan eng kuchli 
300 nafar sportchilar orasida bo’lib o’tgan yakkalik bahslarda Samira yarim finalgacha yetib keldi. 
Keskin va murosasiz o’tkan yarim final jangida Shakirova S. Frantsiyalik sportchi Tori Toscane 15:14 hisobi bilan  imkoniyatni boy berdi va yakuniy natijada terma jamoamiz a’zosi bronza medalini qo’lga kiritdi.