O‘zbekistonlik qichboz Zuxriddin Qodirov Jahon Kubogi kumush medali sohibi

O‘zbekistonlik qichboz  Zuxriddin Qodirov Jahon Kubogi kumush medali sohibi

Avval xabar berganimizdek, joriy iyl 2 fevral kuni Bolgariyaning Plovdiv shahrida yoshlar o‘rtasida Jahon kubogi start oldi. Aytish joizki, musobaqada 19 dan ortiq davlatdan sportchilar ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonlik sportchi Qodirov Zuxriddin kumush medalni qo‘lga kiritganini faxr bilan ma’lum qilamiz. Jahon Kubogi uchun shiddatli kechgan final bosqichida Zuhriddin AQSHlik raqibi Morrill Uilyamga 15:11 hisobida imkoniyatni boy berdi. 
Ushbu Jahon Kubogining eng kuchli 16 nafar sportchisi qatoridan joy olgan Abdukarimbekov Sardorning ham g’alaba uchun olib borgan kurashini takidlab o'tish o’rinli.
O’zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi sportchilarimiz va murabbiylarimizni erishilgan yutuqlar bilan tabriklaydi????

Eslatib o’tamiz 3 fevral kuni qilichboz qizlarimiz bahsga kirishishadi. 
Ularga omad tilaymiz!