Toshkentda qilichbozlikning shpaga yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichiga start berildi.

Toshkentda qilichbozlikning shpaga yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichiga start berildi.

Qizlar oʻrtasida kechayotgan ushbu musobaqada 8 mamlakatdan 50 nafarga yaqin sportchi ishtirok etyapti. Bellashuvlarda Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari sovrindori Dilnaz Murzatayeva, shuningdek, Shahzoda Egamberdiyeva, Bibimaryam Saparova kabi xalqaro musobaqalarda shohsupaga koʻtarilgan sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda.

Dasturga koʻra, bugun yakkalik bellashuvlari oʻtkazilmoqda. Ertaga jamoaviy yoʻnalishda gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi.