O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan “Osiyo kadet kubogi” musobaqalarida ishtirok etadi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan “Osiyo kadet kubogi” musobaqalarida ishtirok etadi
Bugun O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining qilichbozlik zalida Qilichbozlik federatsiyasi rahbariyati bilan Osiyo kubogi-2024 kadetlar siklida ishtirok etayotgan yosh sportchilarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Federatsiya bosh kotibi Gulnora Saidova va murabbiylar so‘zga chiqdi. Uchrashuv davomida sportchilar o'z ustozlari tomonidan rag’bat so'zlari bilan birga ajoyib motivatsiya oldilar va ular g'oliblik uchun kurashishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari katta start oldidan puxta sport mashg‘ulotlaridan o‘tganini ham alohida ta’kidlash joiz.
Shunday qilib, 18-yanvar kuni O‘zbekiston kadetlar terma jamoasi muhim “Kadetlar kubogi” musobaqasi uchun Dubayga jo‘nab ketadi. 
Turnir 2024 yilning 19-21 yanvar kunlari bo'lib o'tadi.