Shpagachi qilichbozlarimiz xalqaro o’quv-yig’in mashg’ulotida

Shpagachi qilichbozlarimiz xalqaro o’quv-yig’in mashg’ulotida 
Ayni kunlarda shpaga bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoa a’zolari Rossiyaning Moskva shahrida bo’lib o’tayotgan xalqaro O’YMda ishtirok etmoqda. 
Sportchilarimiz Milliy terma jamoaning spaga bo’yicha bosh treneri Ruslan Kudaev va murabbiylar Xose Benavides, Baxtiyor Ganiev boshchiligida mashg’ulotlar jarayonida faol qatnashmoqda. 
Qilichbozlikning shpaga yo’nalishi bo’yicha milliy terma jamoa azolarining tarkibi:
1 Nurmatov Javoxirbek
2 Muminov Nodirbek
3 Kudaybergenov Azamat
4 Fayziev Axmad
5 Timurov Meirxan
6 Turishev Iskandar
7 Ismoilov Kamron
8 Siddikov Muxammadyusuf
9 Axmedov Saidakbar
10 Murzataeva Dilnaz
11 Egamberdieva Shaxzoda
12 Saparova Bibimaryam. 
Mazkur yig’in mashg’ulotlari
2024 y. 27 yanvar sanasigacha davom etadi.