Sablyachilarimiz Italiyadagi xalqaro Yig’inda ishtirok etishmoqda

Sablyachilarimiz Italiyadagi xalqaro Yig’inda ishtirok etishmoqda
Ayni kunlarda O’zbekiston milliy yoshlar terma jamoasi vakillari Italiyaning Fraskata shahrida bo’lib o’tayotgan xalqaro o’quv yg’in mashg’ulotida faol ishtirok etishmoqda. 
-“Bizning jamoamiz a’zolari G. Perdibayeva, 
Х/Л. Фернанда, S.Абдукаримбеков,
S. Шокирова,
N. Жаксибаеваlar Italiyadagi yig’in mashgulotlarini 5-11 yanvar kunlari Rim shahridagi qilichbozkik sport bazasida boshlashdi,- deydi Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Yorqin Yoldashev. - Joriy yilning 12 yanvar sanasidan esa o’quv mashg’ulot yig’inini Italiyaning Fraskata shahrida davom ettirmoqdamiz. Ayni vaqtda sportchilarimizning mashg’ulotlari qizgin  pallada”. 
Albatta ushbu mashg’ulotlar oldinda turgan nufuzli musobaqalar uchun puxta tayyorgarlik bosqichini o’tab beradi.