Tunisda qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo’yicha Gran-pri musobaqasi yakunlandi

Tunisda qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo’yicha Gran-pri musobaqasi yakunlandi
Tunisning Tunis shahrida 2024 yil 12-13yanvar kunlari bo’lib o’tgan sablya yo’nalishi bo’yicha Gran-pri yakkalik musobaqasida g’olib va sovrindorlar aniqlandi.
Mazkur turnirda qatnashgan quilichboz qizimiz Zaynab Dayibekova kuchli  32 talik guruhiga kirish uchun o’tkazilgan bahsda Italiyalik sportchi Kiara Mormilega imkoniyatni boy berdi. 
Natijada mazkur turnir birinchiligi uchun bellashgan 149 nafar sportchi ayol-qizlar orasida Milliy terma jamoamiz yetakchisi Z.Dayibekova  kuchli 64 talik guruhda 48-o’rinni egalladi. 
Afsuski, yigitlarimizdan Sherzod Mamutov va Musa Aymuratov saralash bosqichidan o’ta olishmadi.