Ikki nafar yosh qilichbozimiz jahon reytingida peshqadamga aylandi

Ikki nafar yosh qilichbozimiz jahon reytingida peshqadamga aylandi

Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) 2024-yil yanvar oyi uchun yosh toifalarida sportchilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Ahamiyatlisi, unda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzolarining aksariyati yuqori pogʻonalardan oʻrin olishgan. Xususan, Dilnaz Murzatayeva shpaga, Fernanda Errera esa sablya yoʻnalishida reyting peshqadami sifatida eʼtirof etildi. Jamoaviy dasturda esa sablyachi yigitlarimiz birinchi, qizlarimiz ikkinchi, shuningdek, shpagachi qizlarimiz uchinchi oʻrinda qayd etilgan. Shaxsiy reytingda kuchli oʻnlikdan joy olgan hamyurtlarimizning holati bilan tanishing: (https://olympic.uz/oz/news/6289)