Qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston Milliy terma jamoa a'zolari xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida

Qilichbozlik bo’yicha O’zbekiston Milliy terma jamoa a'zolari xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida
Ayni kunlarda qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zolari Rossiyaning Moskva shahridagi “Ilgar Mamedov nomli qilichbozlik markazi” da shpaga va sablya yo’nalishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda. 
Ta'kidlash joizki, yakuniga etayotgan ushbu o’quv-mashg’ulot yig’nlarlarida sportchilarimizning ishtirok etishdan ko’zlangan maqsadi oldinda bo’ladigan barcha musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko’rish hamda qilichbozlarning sport mahorati va tajribasini oshirishdan iborat.
Mazkur O‘MYdan so‘ng qilichbozlarimiz 20-23 dekabr kunlari Rossiyaning Sochi shahrida bo’lib o‘tadigan “Rossiya kubogi” musobaqalarida ishtirok etadi.